Telefon raqam qaysi viloyatdan sotib olinganini aniqlash | @TelefonRaqamBot
Telefon raqamni qaysi viloyatdan olinganligini bilib beruvchi bot.
Sizda telefon raqami bor insonni qaysi viloyatdan ekanligini bilmoqchi bo’lsangiz botga yozing sizga maʼlumot beradi.
Botdan foydalanish uchun shunchaki ma’lumotini aniqlamoqchi boʻlgan telefon raqamni yuboring.
+9989×9xx9×9x yoki 9×9xx9×9x koʻrinishida.
Raqamni yuborganingizdan kiyin bot sizga raqam sotib olingan viloyat haqida ma’lumot beradi.
Agarda siz kontaktingizdagi odamlar telefon raqami haqida ma’lumot olmoqchi boʻlsangiz shunchaki kantaktni yuborishni oʻzi kifoya.
Bot faqat Beeline va Ucell raqamlar uchun ishlaydi.
Qanday vaziyatda hudud nomaʼlum bo‘ladi.
1-sabab) Raqam dilerlar tomonidan sotuvga chiqarilgan. Aniqrog‘i olib sotarlar tomonidan raqam sotilgan va bunday vaziyatda sotuvchilar o‘zbekistoning istagan viloyatida raqamni sotishi mumkin. Shu sababdan bu kabi raqamlarning hududi nomaʼlum bo‘ladi.
2-sabab) Ushbu hudud kodidagi raqamlar yaqinda sotuvga chiqarilgan yoki hali sotuvga chiqmagan. Raqamlarni qaysi viloyatda sotuvga chiqarilishi aniq bo‘lmagan, sotuvga chiqarilgan taqdirda hudud haqida kampaniya maʼlumotlari yangilanmagan.
3-sabab) Kompaniyalar sotuv hududini qaysidir sabab bilan sir tutishni istasa hudud haqida aniq maʼlumot olishning iloji bo‘lmaydi.